
Talha Ug'urluel: Muqaddas Quddus!
139 000 so'm
- Narxi
- 139 000 so'm
- Bo'lim
- Badiiy kitoblar
- To'lov
- Mahsulotni qo'lga olganda
- Yetkazish
- 14 hudud, narxini operator aytadi
- Artikul
- 876
Tavsif
Ushbu kitob tarixiy romanlari ila dunyoga mashhur adib Talha Ug‘urluelning qalamiga mansub bo‘lib, unda muqaddas Quddus shahrining paydo bo‘lishidan toki bugungi kunga qadar boshidan kechirgan voqealar tarixiylik asosida batafsil yoritilgan. Manisa Demirjilik bo‘lgan Talha Ug‘urluel 1997 yilda Manisadagi Jalol Bayar universitetining tarix fakultetini tugatdi. 8 yil davomida xususiy radiolarda tarix haqida dasturlar olib bordi. Mahalliy va chet el jurnallarida bir qancha maqolalari chop etilgan bo‘lib, «Dunyoni boshqargan sulton Qonuniy», «Qonuniyning aqlli o‘yinlari», «Tarix tibbiyotni gapirtirdi», «Tarix tibbiyotni gapirtirdi-2». «Saroy qadriyatlari», «Chanoqqalʼa janglari» va «Sayohat rahbari», «Makonlar va voqealari bilan Muhammad sollalohu alayhi vasallamning hayotlari», «Usmonlining yuragini kutganlar», «Usmonlining sirlari», «Usmonlilarning asari Edirna», «Bir dahoning izlari», «Abdulhamidxon II poytaxtning so‘nggi sohibi» / «Abdulhamidxon II», nomli kitoblarning muallifidir. Bundan tashqari, Chanoqqalʼa, Edirna, Qonuniy, Makka va Madina tarixi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib bordi. Olim bir qancha asarlarga muharrirlik qildi: «Muqaddas omonatlar», «Temur tuzuklari». «Barbaros Hayriddin Poshoning xotiralari» va «Harb majmuasi» asarlari shular jumlasidandir. Ug‘urluel turizm agentliklarida rejissyorlik faoliyatini olib borish jarayonida mahalliy va chet ellik guruhlar bilan dunyoning bir qancha mamlakatlariga sayohatlarni amalga oshirdi. Amerikadan Yamangacha, Vyetnamdan Bosniyagacha bir qancha mamlakatlarda olib borayotgan taʼlim mashgulotlarini Turkiyada ham olib boryapti. Hozirda G‘oziy universitetining Tarix fakultetida akademik ilmiy faoliyatini davom ettiryapti.
Savollar
Qanday buyurtma beraman?
Ism va telefon raqamingizni qoldiring. Operator qo'ng'iroq qilib, manzil va yetkazish vaqtini kelishadi.
To'lov qachon qilinadi?
Mahsulotni qo'lga olganingizda. Oldindan to'lov olinmaydi.
Qayerlarga yetkaziladi va narxi qancha?
O'zbekistonning barcha 14 hududiga. Yetkazish narxi va muddatini operator qo'ng'iroqda aytadi.







